Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonda to‘rt yigitni tuproq bosib qoldi. Qurbonlar bor
10.06.2021 08:27,  
296

Qoraqalpog‘iston prokuraturasining xabar berishicha, 9 iyun kuni soat 05:30 larda 1990 yilida tug‘ilgan fuqaro S.U., 2006 yilda tug‘ilan S.K., 2007 yilda tug‘ilgan S.M. va 2004 yilda tug‘ilgan D.M.lar Qo‘ng‘irot tumani “Suo‘enli” OFY hududining cho‘l qumlik qismida yer ostida bo‘lgan suv quvurini qazib olish ishlarini bajarayotgan bo‘lgan.

Ushbu jarayon vaqtida ularni tuproq o‘pirilib, bosib qolgan.

Natijada, fuqaro S.U., S.K. va S.M.lar voqea joyida vafot etgan, voyaga yetmagan D.M. esa tuproq ostidan chiqarib olinib, Qo‘ng‘irot tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан