Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istondagi gaz quyish shoxobchasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)
2.06.2020 13:33,  
406

Bugun, 2 iyun kuni taxminan soat 11:37da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan «Ikrom Aziz» MChJga qarashli universal (propan-metan-solyarka) yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida yer ustida joylashgan 25 tonnalik 2 ta sig‘im va 2 ta «ZIL-130» yoqilg‘i tashish avtomashinalari yongan. Bundan tashqari, ushbu sig‘imlar yonida 10 tonnalik 3 ta bo‘sh, taxminan 30-50 tonnalik 2 ta sig‘im joylashgan.

Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borgan. Hozircha kelib chiqqan yong‘inning sababi yoqilg‘ini quyishda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik deb taxmin qilinmoqda.

Jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан