Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istondagi ayrim tadbirkorlik sub’yektlari 3 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘i ozod etiladi – Prezident
2.10.2020 16:38,  
181

Avval xabar qilganimizdek, Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasi boshlandi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Rais saylandi

Oxirgi to‘rt yilda o‘nlab yirik to‘qimachilik, farmatsevtika, elektrotexnika va boshqa zamonaviy sanoat korxonalari qurilishi hisobiga Qoraqalpog‘istonda ishlab chiqarish hajmi 2 barobar o‘sgan. Yangi suv tarmoqlari qurilishi natijasida aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 40 foizdan 67 foizga yetdi. 241 ta maktab, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport ob’yektlari yangidan qurildi, kapital ta’mirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Murat Kamalovni Jo‘qorg‘i Kenges Raisligiga saylangani bilan tabriklab, o‘ta mas’uliyatli vazifada muvaffaqiyat tiladi.

- Yangi rahbar faoliyatining eng muhim yo‘nalishi «xalqning dardini eshitish va masalalarini hal etish» bo‘lishi kerak. Buning uchun tinimsiz izlanish, mehnat qilish, xalq bilan maslahatlashib ishlash zarur. Qoraqalpog‘istonda elni sevgan, bilimli, fidoyi yoshlar ko‘p. Ularni birlashtirib, natija qilish, el-yurtga manfaat olib kelish kerak, - dedi davlatimiz rahbari.

Qoraqalpog‘istonda barcha sohalarni jadal rivojlantirish bo‘yicha kelgusi 3 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgani ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, har bir tumanda 2 tadan faoliyat turi o‘ziga xos «o‘sish nuqta»si etib belgilangan.

Prezident barcha 16 ta tumanni yanada ravnaq toptirish maqsadida mazkur «o‘sish nuqtalari» bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlari 3 yil muddatga yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalarning aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘idan ozod etilishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, taraqqiyot darajasi past bo‘lgan Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida yangi tashkil etiladigan sanoat korxonalariga ham 3 yil muddatga soliq va bojxona imtiyozlari beriladi.

Har bir tuman va shaharni jadal rivojlantirishga kuchli turtki berish, muammolarni tezkor hal etish uchun ularga vazirlar va banklar biriktirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан