Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istondagi "yalang‘och, behayo turistlar bazmi"ga izoh berildi
18.05.2021 09:07,  
2572

QR Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, festivalda Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Qirg‘izistondan kelgan musiqiy prodyuserlar, musiqachilar va DJlar ishtirok etishdi.

Forumda shuningdek O‘zbekiston va Rossiya olimlari, ekologlari, mutaxassislari hamda 300 ga yaqin sayohlar qatnashishdi.

Festival doirasida «6 milliard daraxt» ijtimoiy aksiyasi o‘tkazilib, uning davomida Mo‘ynoq shahrida 5 mingdan ortiq daraxt ekish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan buta va mevali daraxtlarni Mo‘ynoq shahri hamda Orol dengizining pastki qismida bosqichma-bosqich ekishga yo‘naltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur festival davomida bo‘lganligi aytilayotgan yolong‘och holda o‘ynayotgan qizning videolari tarqalmoqda.

Festivalda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jamoat, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligi ta’minlandi hamda ishtirokchilarning sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishi nazorat qilindi.

Tarmoqlarda tarqalgan nojo‘ya videolar «Stixiya» elektron musiqa, madaniyat va ilm festivalidan olinmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан