Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoroqalpog‘istonda uyni buzayotgan 3 kishini devor bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi
1.03.2021 20:01,  
242

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida 3 kishi devor bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, 28 fevral kuni soat 12:30 da tumanning «Madaniyat» mahallasida yashovchi fuqaro A.A.ning eski uyi B.Q., S.L. va J.T.lar tomonidan buzilayotgan bo‘lgan. Shu paytda devor qulab tushib, uch nafar shaxs ham devor ostida qolib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Voqea yuzasidan tuman IIB TB Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан