Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qo‘shni mamlakatlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda cheklov bormi?
1.04.2020 17:58,  
434

AOKA huzuridagi shtabda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ibrohim Ergashev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda quyidagilar ma’lum qilindi:

Bugungi kunda xorijiy mamlakatlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, shu jumladan meva-sabzavot mahsulotlarini chetga eksport qilishda hech qanday cheklovlar va to‘siqlar mavjud emas.

Rossiyaga Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali tranzit tarzida yuk olib o‘tishda ham cheklov va o‘zgarishlar yo‘q. Faqatgina yuk mashinasi haydovchilarini chegara maskanlarida tana harorati o‘lchanib, o‘tkazilmoqda.

Qozog‘istondan 9 turdagi meva-sabzavotlarni tashqariga eksport qilmaslik bo‘yicha cheklov kiritilgan. Bular jumlasiga un, grechka, o‘simlik yog‘i, shakar, kartoshka, sabzi, piyoz, karam va rediska kabi 9 xil mahsulotlar kiritildi.

Bu cheklov, O‘zbekistondan Rossiyaga yoki Xitoyga tranzit bo‘lib o‘tayotgan yuklarga aloqasi yo‘q.

Xitoyga avvalgidek, 13 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ya’ni gilos, qovun, anor, mayiz, o‘rik qoqisi, yeryong‘oq, mosh, yong‘oq mag‘izi, shirin va achchiq o‘rik mag‘izi, uzum danagi, yangi uzilgan achchiq qalampir va kunjut mahsulotlarini eksport qilish mumkin.

O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Qirg‘izistonning Irkeshtom va Turgart hamda Qozog‘istonning Xorgos va Alashankou postlari orqali temir yo‘l va avtotransportlarda tranzit sifatida olib o‘tilishiga ruxsat olindi.

“Daladan-eksportgacha” zanjirida tadbirkorlarga ko‘maklashish hamda sohada korrupsiyaning oldini olish maqsadida ruxsat beruvchi va sertifikatsiya hujjatlarini rasmiylashtirish to‘liq elektron tizimiga o‘tkazildi hamda “Payme” to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’yektlar bilan tuziladigan shartnomalar 100 foiz onlayn-oferta usuliga o‘tkazildi.

Hozirgi kunda mamlakatimizning Andijon, Farg‘ona, Xorazm, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent shahri va Toshkent viloyatlarida statsionar karantin laboratoriyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан