Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qo‘shnilar: talabalar stipendiyasi 25%ga oshiriladi
10.12.2019 20:22,  
743

2020 yil yanvaridan e’tiboran Qozog‘istonda bakalavriat, magistratura va doktoranturada tahsil oluvchilarning stipendiyasi 25 foiz oshadi. Bu haqda bugun Yoshlar yilining yopilish va Volontyor yilining ochilish marosimida Davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev e’lon qildi, deb xabar berdi Kazinform.

«Oliy ta’lim muassasalari talabalarining stipendiyasini oshirish dolzarb masalalardan biri ekanligini bilaman. 2016 yildan beri bu masala nazardan chetda qolib keldi. Lekin uning ob’yektiv sabablari bor edi. Shuning uchun talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020 yil 1 yanvaridan e’tiboran bakalavriat, magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan talabalarning stipendiyasini 25 foiz oshirishga qaror qildim. Umuman olganda bu taxminan 130 ming odamni qamrab oladi», - dedi Qasim-Jomart Toqayev

Prezident, shuningdek, kolledj talabalarining ham stipendiyasi oshirilishini ta’kidladi. «Yodingizda bo‘lsa, joriy yil sentyabridan boshlab kasb-texnika kollejlarida tahsil olayotgan 122 ming nafar o‘quvchining stipendiyasi 30 foizga oshirilgandi. Mening topshirig‘im bo‘yicha Hukumat 2020 yil yanvaridan boshlab o‘rta maxsus ta’lim kolledjlar talabalarining stipendiyasini 25 foizga oshiradi. Bu 100 ming odamga tegishlidir. Ushbu chora-tadbirlar talabalarimiz uchun yaxshi qo‘llab-quvvatlash bo‘lishiga ishonaman», - dedi Toqayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан