Qosim-Jomart Tokayev Sardoba toshqinidan zarar ko‘rgan shaharchaga bordi

Qosim-Jomart Tokayev Sardoba toshqinidan zarar ko‘rgan shaharchaga bordi

Foto: Akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mamlakat janubidagi Turkiston viloyatiga rasmiy tashrif bilan keldi. 

Akorda veb-saytining xabar berishicha, tashrif Mirzakent shaharchasidan boshlangan. Davlat rahbari Sardoba suv omborida to‘g‘onning buzilishidan jabr ko‘rganlar uchun yangi mittituman qurilishi bilan tanishdi.

"Ma’lumki, texnogen halokat natijasida 4 mingdan ortiq odam tan jarohati oldi, 500 dan ortiq uy vayron bo‘ldi. Qozog‘iston tomonida uy-joylarini yo‘qotgan Jenis, Janaturmis, Do‘stlik qishloqlari aholisi uchun Mirzakentda yangi mittituman qurildi. Oila a’zolarining har biriga 100 ming tengi (2,5 mln. so‘m) ajratildi. 

Foto: Akorda.kz

 

Prezident mahalliy aholi bilan uchrashuvda ushbu hududni tiklash uchun davlat zudlik bilan byudjetdan mablag‘ ajratganini ta’kidladi. Qosim-Jomart Tokayev tahlikali bir paytda butun xalq birdamlik va hamjihatlikni namoyish etganini ta’kidladi. 

"Yangi mikrorayon qurilmoqda. Ko‘chada birorta ham jabrlanuvchi qolmadi. Har bir aholining ehtiyojlari inobatga olindi. Ehtiyoj bo‘lganlarning hammasi bu yerga ko‘chib o‘tishadi. Tez orada hamma o‘zlarining boshlari ostidagi tomni topadilar. Keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Birgalikda bo‘lganimizda, har qanday yukni ko‘tarishimiz mumkin. Bu yerda tadbirkorlar, quruvchilar, shifokorlar, oddiy fuqarolar, ko‘plab ko‘ngillilar faol ishlamoqda. Barchaga o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni izhor etaman", - deyiladi Akorda saytida berilgan xabarda.

Prezident mintaqadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini aytdi. 

Foto: Akorda.kz

 

Shuningdek, xabar qilinishicha, safar davomida Qosim-Jomart Tokayev ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri Magzum Mirzagaliyevning sel toshqini oqibatlarini bartaraf etish va kelgusida shunga o‘xshash favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotini tingladi. Davlat rahbari ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.