Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Qovun tushirish" navbati O‘zbekiston Milliy terma jamoasi murabbiyi Abramovga
12.02.2021 22:19,  
689

Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyaning "Zenit" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov O‘FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Afsuski, 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Menimcha, bu raqibning bir ikki kundan keyin Yevropa Ligasida o‘ynaydigan tarkibi. Ular bizga qaraganda bu o‘yinga ancha tayyor edi. 4ta gol biz uchun, albatta, ko‘p. Iordaniyaga qarshi bahsda boshqa rejalarimizni ham amalga oshirib ko‘ramiz. Muxlislar natijadan hafa bo‘lganligi aniq, ammo biz zaxira kuchlarimizni sinab ko‘rishimiz kerak edi. O‘zimiz ham buncha gol o‘tkazib yuborganimizdan ranjidik. Oldinda vaqt bor va hammasini to‘g‘rilaymiz. Yig‘inga taklif qilingan futbolchilar bilan kelajakda hamkorlik qilishimiz mumkin. Shu bois, ularning imkoniyatlarini ko‘rib oldik", - dedi Abramov.

Ma’lumot uchun, "Zenit" YeChL "F" guruhida 1 ochko bilan 4-o‘rinni olgandi. Shu sababli, piterliklar Yevropa Ligasida ham ishtirok eta olmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан