Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Qo‘yliq» bozori Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi
9.12.2021 13:42,  
382

Poytaxtdagi «Qo‘yliq» bozori Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi Mexnatobod ko‘chasida joylashgan «FOODCITY» savdo markaziga ko‘chiriladi. Bu xaqda "Gazeta.uz" xabar bermoqda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, «Qo‘yliq» bozorida oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullangan tadbirkorlar markaz hududiga o‘zlari xohlab murojaat qilgan. Bundan tashqari, savdo markazining veb sahifasidagi nomlanishi ham «FOODCITY yangi Qo‘yliq dehqon bozori»ga o‘zgartirilgan.

Savdo markazi Qo‘ylik bozorining hozirgi joyidan 6,5 km uzoqlikda joylashgan. Eng yaqin metro Qo‘ylik 7-bekat hisoblanadi.

Savdo markazi 84 ta futbol maydoni teng hududda joylashgan bo‘lib, unda 2500 do‘kon va savdo rastalari, 2500 ta avtomobil uchun avtoturargoh mavjud.

Shuningdek, nafaqat Toshkentdan, balki boshqa viloyatlardan ham avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish maqsadida yirik transport uzellari barpo etilishi kutilayotgani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан