Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Qo‘yliq” bozorida yong‘in yuz berdi (foto)
3.03.2020 10:49,  
593

2020 yilning 3 mart kuni soat 06:54 da, Bektemir tumani, THAY ko‘chasi “Qo‘yliq” bozori qarshisida joylashgan “Umidjon Yodgora” MChJ ga qarashli gril tayyorlash va sotish do‘konida 15 kv.m maydonda, “Parfyumeriya” YaTT do‘konida 10 kv.m maydonda hamda “Taom” MChJ do‘konlarida 15 kv.m maydonida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada do‘konlarning ichki va tom qismi yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 06:59 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 07:19 da bartaraf etilgan hamda yong‘inga tutash bir qancha do‘konlar maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан