Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Qo‘yliq» ma’muriyati bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqidagi xabarlarni rad etdi
14.12.2021 12:14,  
177

Bu haqda «Qo‘yliq» dehqon bozori direktorining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Qodirjon Normirzayev O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi — deya yozmoqda ’Gazeta.uz’ nashri.

«Bozorning yangi bozorga ko‘chirilishi bo‘yicha hali bizga shahar hokimiyati tomonidan hech qanaqa xabar berilmagan. Va bizga bu bo‘yicha ogohlantirish xatlari ham yuborilmagan... Mendagi ma’lumotga ko‘ra, bozor buzilmaydi», — dedi u.

Sotuvchi va ishchilar 31 dekabrgacha Food City’ga ko‘chish haqida ogohlantirish xatlarini olganini aytishmoqda. Xatda ular bozorni tark etmasa, bezorilik, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, o‘zboshimchalik moddalari bilan ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi qayd etilgan.

Qodirjon Normirzayevning ishontirishicha, ogohlantirish xatlari ma’muriyat tomonidan berilmagan. «Uni pattachi bergandir», — dedi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан