Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston shimolida 33 nafar o‘quvchi homilador bo‘lib qolgani aniqlandi
11.09.2019 12:09,  
68

Shimoliy Qozog‘iston viloyatida 33 nafar o‘quvchi homilador bo‘ldi. Ulardan 9 nafari 16 yoshga ham to‘lmagan. 

Bu turdagi ma’lumotlar darhol tibbiy muassasalardan politsiya bo‘limiga yuboriladi. U yerda qizlarning sheriklarini javobgarlikka tortish masalasi hal qilinadi.

Voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhining o‘ta muhim topshiriqlar bo‘yicha katta inspektori Sairan Sarkenovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil ro‘yxatga olingan balog‘atga yetmaganlarning homilador bo‘lishining barcha holatlarida ular sheriklari jinoiy javorgarlikka tortilmagan, chunki ular homilador qizlarga tezda uylanishgan.

Politsiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, viloyat maktablarida jinsiy tarbiya bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar olib borilmoqda, ota-onalari bilan ishlar tashkil etilgan, ammo bunday holatlardan qochib bo‘lmayapti.

Biroq o‘tgan yilga nisbatan qizlarning erta homiladorligi bilan bog‘liq vaziyat biroz yaxshilandi. O‘tgan yilning shu davrida 16 yoshgacha bo‘lgan qizlarning homiladorlik holati 14 ta, voyaga yetmaganlarning 39 ta homiladorligi qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан