Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda 11 nafar pedofil kimyoviy yo‘l bilan bichib qo‘yiladi
10.09.2019 15:40,  
1378

Qozog‘istonda 11 nafar pedofil kimyoviy kastratsiya qilishga hukm qilindi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda bu chora ikki kishiga nisbatan qo‘llanilmoqda.

“Sudning kimyoviy kastratsiya shaklida tibbiy majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi sud hukmi bilan 2018 yil 1 yanvardan boshlab 11 nafar mahkum kastratsiya qilishga hukm qilindi. Hozirgi vaqtda protsedura ikki mahkumga nisbatan amalga oshirilmoqda”.

Sud-psixiatrik ekspertiza natijalariga ko‘ra sud qaroriga ko‘ra kimyoviy kastratsiya qilinadi.  Bu chora voyaga yetmagan shaxslar jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etgan, 18 yoshdan katta bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganlik uchun qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslarni kimyoviy kastratsiya qilish uchun 2018 yil 1 yanvardan ruxsat berildi.

O‘tgan yili byudjetdan 9 million 629 ming tenge (taxminan 25 ming dollar) ajratilgan. Kimyoviy kastratsiya qilinadiganlar yo‘qligi sababli, mablag‘lar byudjetga qaytarildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy yordamni tashkil etish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda 11 million 038 ming tenge (28 ming dollar) ajratilgan.

Byudjet buyurtmalariga ko‘ra, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari 2019 yil uchun 88 bemor, 2020 yilda 71 bemor kimyoviy kastratsiyasi uchun moliyaviy mablag‘ ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан