Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston Alisher Usmonov bergan pullarni xalqqa tarqatishni boshladi
12.05.2020 14:28,  
997

7 may kuni asli o‘zbekistonlik biznesmen Alisher Usmonov Sardoba suv ombori avariyasi oqibatida jabrlanganlarga 5 million dollardan ziyod pul o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

“Rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonov “Turkiston” ijtimoiy rivojlanish korporativ jamg‘armasi hisob raqamiga Maqtaaral tumanidagi toshqinlardan jabr ko‘rgan va xavfsiz joyga ko‘chirilgan 30 420 kishi uchun 5 million 202 ming AQSh dollarini o‘tkazdi”, — deyilgan xabarda.

Turkiston viloyati hokimligining xabar berishicha, Sardoba suv ombori dambasi yorilishidan zarar ko‘rganlar uchun o‘tkazilgan pullar Maqtaaral tumani aholisiga 1000 AQSh dollarlik sertifikatlar sifatida tarqatila boshlandi.

Hozirda pullar toshqindan jabrlangan oilaning boshliqlari hisobiga o‘tkazilgan bo‘lib, ularning hujjatlari to‘liq shakllantirilgach, oilalar ajratilgan pulni naqdlashtirib oladi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklar uchun ham 10 million AQSh dollar miqdorida xayriya ajratgan edi. Lekin, O‘zbekiston hukumati ushbu mablag‘ xalqqa qanday yetkazilishi borasida izoh bermadi.

Alisher Usmonov Sardoba uchun 10 mln dollar berdi va Prezidentga maktub yo‘lladi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан