Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston bug‘doy eksportiga cheklovlarni olib tashladi
29.05.2020 12:53,  
216

Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Saparxan Omarov qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

«Joriy yilning 1 iyunidan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishdagi barcha cheklovlar olib tashlanadi. Eksport cheklovlarini bekor qilish to‘g‘risidagi yangi buyruq 2020 yil 1 iyundan kuchga kiradi», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda favqulodda holat e’lon qilinganligi va Prezidentning ichki bozorda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligini oldini olish to‘g‘risidagi buyrug‘i tufayli Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi eksportini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan va yangi mahsulotlar yig‘ib olinmaguncha yetarli zaxiralarni saqlab qolish tartibini joriy etgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан