Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston chegarasida to‘planib turgan 4 mingga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
10.07.2020 13:03,  
543

Avval xabar qilinganidek, shu yil 1 iyuldan 7 iyulgacha bo‘lgan muddatda «Jibek joli» — «G‘isht-Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punkti orqali 2700 nafardan ortiq hamyurtlarimiz O‘zbekistonga qaytgan. Biroq yuzaga kelgan texnik muammolar tufayli Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidan yurtdoshlarimizni o‘tkazish cheklangan miqdorda amalga oshirildi. Oqibatda bu holat chegarada 3000 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari to‘planib qolishiga sabab bo‘ldi.

Respublika maxsus komissiyasi, DXX Chegara qo‘shinlari va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida 8 iyul kuni fuqarolarimizning Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidan erkin o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi barcha texnik va tashkiliy masalalar tezkorlik bilan hal qilindi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 8 iyul kuni kechqurun va 9 iyul kuni «Jibek joli» – «G‘isht-Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punktidan 3746 nafar fuqarolarimiz o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi paytda davlatlararo chegarani kesib o‘tishda muammolar yo‘q, nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlamoqda, fuqarolarning to‘planib qolishi kuzatilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан