Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishda Xitoy tajribasini qo‘llaydi
8.10.2019 23:24,  
200

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Tokayev fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish bo‘yicha Xitoy tajribasidan foydalanmoqchi. “Kursiv” nashrining xabar berishicha, poytaxt Ostonani rivojlantirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident bu haqda ko‘rsatma bergan.

Tokayevning aytishicha, Xitoyga safari chog‘ida Hikvision ofisiga borgan va kompaniya faoliyati unda katta taassurot qoldirgan.

“Ularda texnika juda ilgarilab ketgan. Raqamlashtirish juda rivojlangan. Qanchalik rivojlanganini aytib o‘tirmayman. Ekranga bossangiz, kishi haqidagi deyarli barcha ma’lumot chiqadi – institutni qachon tugatgan, bo‘sh vaqtida qayerga boradi, qancha krediti bor. Biz ham shu yo‘nalishdan borishimiz kerak”, – dedi prezident.

Xitoy hukumati fuqarolarni turli tomonlardan kuzatib boradi va olingan ma’lumotlarni raqamli ko‘rinishda yig‘adi (masalan, xaridlari, kreditlari, qoidabuzarliklari, DNK namunasi). Xitoyda 2020 yilda ijtimoy kredit tizimi ishga tushadi, bunda maxsus texnologiyalar to‘plangan ma’lumotlarga tayangan holda odamlarga reyting beradi. Mazkur tizim o‘ttiz shaharda sinov tariqasida ishga tushirilgan. Reytingi past fuqarolar bir qator cheklovlarga duch kelmoqda: ular tezyurar poyezd va samolyot biletlari ololmaydi, ba’zi ishlarga kirolmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан