Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston hududidan o‘tkir virusli pnevmoniya kirib kelgani rostmi?
23.07.2020 21:14,  
194

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya - epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda muhim savollarga javob qaytarildi.

— Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston hududidan o‘tkir virusli pnevmoniya kasalligi kirib kelganligi va o‘lganlarning ham asosiy qismi aynan shu kasallik bilan og‘riganlari to‘g‘risida xabarlar yuribdi. Bu gaplar qanchalik haqiqatga yaqin?

— Rasmiy xabarlarga ko‘ra, iyun oyidan boshlab Qozog‘istonda yangi turdagi noma’lum pnevmoniya avj olgani  va o‘lim holatlari aynan shu pnevmoniya sababli ortgan. 

Shuning uchun Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bir guruh ekspertlari pnevmoniyaga chalingan bemorlar soni keskin oshishi sabablarini o‘rganish uchun Qozog‘istonga kelishi ko‘zda tutilgan. 

Ehtimol koronavirusga chalingan  bemorlar kechikib yordam so‘ragan va ularda pnevmoniya alomatlari bordir, ammo Qozog‘istonda pnevmoniya chaqiruvchi yangi o‘tkir  virus  aniqlanganligi ilmiy laboratoriyalar tadqiqotlari asosida tasdiqlanmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан