Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston kompaniyasi vakillari bilan “Aqlli shahar” loyihasi muhokama qilindi
14.11.2019 11:56,  
64

Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, Jahongir Ortiqxo‘jayev xorijiy hamkorlar bilan birgalikda “Aqlli shahar” loyihasini amalga oshirish hamda turli sohalarda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash masalasi muhokama qildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, Qozog‘istonning Open Technologies Group kompaniyasi yuqori texnologik uskunalarni ishlab chiqarish va innovatsion dasturiy ta’minot mahsulotlarni tayyorlashda yetakchilardan hisoblanadi. Hozirda ularning tizimi Qozog‘iston turli shaharlarida samarali ishlamoqda.

Uchrashuvda yo‘llardagi xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan loyiha atroflicha muhokama qilindi. Open Technologies Group kompaniyasi vakillari Janbolat Sarsenov va Ruslan Asaubayev o‘zlari taqdim etayotgan dasturiy ta’minot mahsulotlarining xususiyatlari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berishdi. Qayd etilishicha, bu tizim nafaqat yo‘llardagi harakatlanishni nazorat qiladi, balki yuqori texnologiya sabab shaxsni tanish mumkin.

Shuningdek, uning yordamida shahardagi avtoulovlar oqimi, ularning tezligini aniqlash mumkin. Shuningdek, buyurtmachining talabiga ko‘ra, boshqa funksiyalarni ham kiritsa bo‘ladi.

Uchrashuvda, raqamli texnologiyalarni ijtimoiy sohalar, jamoat transporti tizimi va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llash bo‘yicha ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан