Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston koronavirusga qarshi kurash choralarini qayta kuchaytirmoqda
18.06.2020 10:27,  
268

Qostanay viloyatida magistral yo‘llarda blok-postlar qayta o‘rnatilmoqda, deb xabar beradi Kazinform.

Viloyat aholisi mintaqaning perimetri bo‘ylab o‘rnatilgan yo‘l to‘siqlarining fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmoqda. Blok-postlar, politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, Qostanay-Rudniy va Qostanay-Auliyeko‘l avtomobil yo‘llarida tashkil etilgan.

Viloyat hokimi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun viloyat tezkor shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Shimoliy Qozog‘iston viloyatida ham blok-postlar o‘rnatilmoqda. Viloyatda COVID-19 virusini yuqtirganlar soni ortib bormoqda. «Koronavirus infeksiyasi o‘choqlari aniqlangan joylarda yo‘l to‘siqlari o‘rnatildi», - dedi mahalliy politsiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Aleksandr Rozbax.

Politsiya va Petropavl sanitariya xizmati vakillari savdo uylari, bozorlar va boshqa ob’yektlarda karantin choralariga rioya etilishini monitoring qilishmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан