Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston muntazam aviareyslarni qayta tiklaydigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirdi: O‘zbekiston 2-toifada
26.06.2020 15:35,  
339

Qozog‘iston muntazam xalqaro reyslar qayta tiklanadigan davlatlar ro‘yxati kengaymoqda. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining transport bo‘yicha bosh vrachi Sadvakas Baygabulov bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

«Qozog‘iston muntazam xalqaro aviareyslarni boshlaydigan birinchi va ikkinchi toifadagi davlatlar ro‘yxati kengaytirildi», - dedi Sadvakas Bayg‘abilov.

Shunday qilib, Vengriya, Hindiston, Germaniya, Chexiya, Malayziya qo‘shimcha ravishda birinchi toifadagi mamlakatlar qatoriga kiritilgan.

«Birinchi toifadagi mamlakatlardan kelgan yo‘lovchilar uchun hech qanday cheklovlar yo‘q. Ta’kidlash kerakki, bundan oldin XXR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Gruziya va Tailand birinchi toifaga kiritilgan edi. Misr, Ukraina, Polsha, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston ham ikkinchi toifadagi mamlakatlar guruhiga kiritilgan.

Ikkinchi toifadagi mamlakatlardan kelgan yo‘lovchilar uchun quyidagi cheklovlar mavjud: agar KVI bo‘yicha sertifikat bo‘lsa - cheklovsiz, agar sertifikat bo‘lmasa, ular karantin xizmati mutaxassislari tomonidan 48 soat ichida PSR sinovlaridan o‘tishi yoki 14 kunlik karantinda bo‘lishi lozim», - deb tushuntirdi Sadvakas Bayg‘abilov.

Sertifikat 5 kun davomida amal qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан