Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston o‘zi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksinani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
4.08.2020 20:29,  
1169

Dunyoning barcha mamlakatlari o‘tkir virusga qarshi vaksinani ishlab chiqarishga urinmoqda. Bugungi kunda bir nechta mamlakatlar olimlari vaksinani ishlab chiqib sinovdan o‘tkazishmoqda. Ular orasida Qozog‘iston olimlari ham bor, deb xabar beradi Kazinform.

Qozog‘iston olimlari koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqarishga mart oyi oxirida kirishishdi.

Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligi Fan qo‘mitasi qoshidagi Biologik xavfsizlik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy ishlar va tijoratlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari, veterinariya fanlari doktori Yerg‘ali Abdirayimovning aytishicha, Qozog‘istonning koronavirusga qarshi vaksinasi barcha talablarga javob beradi.

«Institutimiz olimlari koronavirusga qarshi vaksinani yaratishga mart oyining oxirlarida kirishdi. Birinchi vaksina 9 mayda tayyor bo‘ldi. Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida birinchi nomzod vaksinamiz ro‘yxatga olingan va klinikadan oldin tekshiruvdan o‘tgan. Iyul oyi oxirida olingan natijalarga ko‘ra, u zararsizligi, pirogenligi, immunogenlik va boshqa parametrlar bo‘yicha xalqaro va Qozog‘iston farmakopeya talablariga to‘liq javob beradi», - dedi Ye.Abdirayimov.

Uning aytishicha, vaksina klinik tekshiruvdan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuboriladi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, keng tarqalgan koronavirusga qarshi vaksinani tayyorlash vaqti klinik tadqiqotlar bilan belgilanadi.

«Vaksinaning narxi haqida gapirishga hali yerta. Umuman olganda, bugungi kunda vaksinalarni ishlab chiqarish texnologiyasi va talablari ma’lum. Hozirgi vaqtda turli mamlakatlar olimlari o‘zlarining imkoniyatlari va nou-xaularidan foydalanmoqdalar, shuning uchun ma’lum bir mamlakatda vaksina haqida uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aytish mumkin emas», - dedi fan doktori.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан