Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston prezidenti Hazrati Sulton masjidiga bordi (foto)
24.02.2020 11:25,  
754

Qasim-Jomart Toqayev Hazrat-Sulton masjidiga borib, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining yangi saylangan bosh muftiysi Naurizbay xoji Tag‘ano‘g‘li bilan uchrashdi, deb xabar berdi Aqorda matbuot xizmati.

Qozog‘iston Prezidenti bosh muftiyni yangi lavozimi bilan tabriklab, faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuvda totuvlik va barqarorlikni saqlash, din orqali fuqarolarni ahillik va birdamlikka chaqirish, ma’naviy yo‘l ko‘rsatish lozimligi va yot oqimlarning zararli harakatlari haqida aytildi.

– Xalqni totuvlikka, birlikka, imoniylikka chaqirish lozim. Hozirda dunyoda har xil buzg‘unchi jarayonlar sodir bo‘lmoqda. Biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Mamlakat manfaatiga xizmat qilib, shu yo‘nalishda to‘g‘ri targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish lozim, – dedi Qasim-Jomart Toqayev.

Naurizbay xoji Tag‘ano‘g‘li prezidentga Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi olib boradigan axborot va tashkiliy ishlari hamda hayriya tadbirlari rejasini tanishtirdi. Boshqarma faoliyati imoniylik, vatanparvarlik, bilimga intilish, birdamlik, mehnatsevarlik, madaniylik va adolatli bo‘lish kabi yettita ma’naviy yo‘nalishga asoslanishi ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Toshkent Islom institutini tugatgan imom Qozog‘iston bosh muftiyi bo‘ldi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан