Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston qo‘shnilardan suv olmoqchi. O‘zbekistondan ham
14.06.2021 08:28,  
373

Qozog‘iston hukumati mamlakatda sug‘orish uchun suv tanqisligi muammosini hal qilish uchun hukumatlararo kelishuv va dasturlarni ishlab chiqmoqda. Bu haqda Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirining o‘rinbosari Serik Kojaniyazov ma’lum qildi.

Sirdaryoda suv tanqisligi sababli Qizilo‘rda viloyati fermerlari sholi ekinlarini besh ming gektarga qisqartirishga majbur bo‘ldilar.

Daryo mintaqaning asosiy suv arteriyasi hisoblanadi, ammo hozirgi vaqtda unda suv kam. Sholi dalalarini sug‘orish uchun resurslar yetarli emas.

Kojaniyazovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston guruchni sug‘orish uchun suv evaziga Tojikistonga uskunalar va yoqilg‘i-moylash materiallari yetkazib beradi. Tojikiston bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Qirg‘iziston esa 370 million kubometr suv evaziga 370 million kilovatt-soat, O‘zbekiston esa 250 million kilovatt-soat elektr energiyasi oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан