Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston sharqida An-2 samolyoti yonib ketdi
30.05.2020 19:13,  
187

Sharqiy Qozog‘iston viloyati Urjar aholi yashash punktidagi aeroportga qo‘ngan "Taraz Jana Alem" aviakompaniyasiga qarashli An-2 samolyoti yonib ketdi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Yong‘in paytida samolyot bortida hech kim bo‘lmagan va hech kim jabrlanmagan.

"Bugun soat 15:31 ( 14:31 tshv) da "Taraz Jana Alem" aviakompaniyasining An-2 samolyotida yong‘in sodir bo‘ldi. Samolyot TJA 5221 Semiya - Urjar yo‘nalishida parvoz qildi. Samolyot 15:25 (14:25 tshv) da yerga qo‘ndi. Yong‘in sodir bo‘lgan paytda samolyot bortida hech kim yo‘q edi ", - deyiladi Qozog‘iston fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi xabarida.

Yong‘in soat 15:50 (14:50 tshv) da o‘chirilgan. Hodisa yuzasidan Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligining baxtsiz hodisalarni tekshirish boshqarmasi tekshiruvni boshlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан