Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston universiteti dunyoning eng yaxshi 200 ta oliygohlari qatoridan joy oldi
10.06.2020 15:39,  
932

Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti dunyoning 200 ta eng yaxshi universiteti qatoriga kirdi, deya xabar beradi Kazinform.

Qozog‘iston universiteti QS global reytingida 165-o‘ringa ko‘tarilib, ulkan yutuqlarga erishdi. Universitet bu xalqaro fan va ta’lim sohasidagi dunyodagi yetakchi universitetlardan biri ekanligini isbotladi.

Dunyodagi eng mashhur va nufuzli reyting agentligi Quacquarelli Symonds (QS) dunyo universitetlarining bu yilgi so‘rov natijalarini e’lon qildi. QS tahliliy hisobotiga ko‘ra, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti global reytingda 42 ta pog‘ona ko‘tarilib, 165-o‘rindan joy olgan.

Universitet Qozog‘iston oliygohlari o‘rtasida «dunyodagi eng yaxshi 200 ta universitet» ro‘yxatiga kiritilgan ilk ta’lim dargohi bo‘ldi. Ushbu ro‘yxatdan sobiq sovet mamlakatlaridan faqat ikkita universitet kiritilgan - M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti.

QS reytingida Massachusets texnologiya instituti peshqadam bo‘lib turibdi, Stenford va Garvard universitetlari (barchasi – AQSh universitetlari) ikkinchi va uchinchi o‘rinda. Dunyodagi eng yaxshi universitetlarning o‘ntaligi faqatgina AQSh va Buyuk Britaniya oliygohlaridan iborat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан