Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​Qozog‘iston va O‘zbekiston 172 mln dollar evaziga avtomobil yo‘li quradi
25.12.2021 09:45,  
102

O‘zbekiston va Qozog‘iston Qizilo‘rda—Uchquduq avtomobil va temir yo‘lini qurishga kelishib oldi. Bu haqda Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligiga tayanib, Spot xabar berdi.

Tomonlar bu boradagi tegishli kelishuvni dekabr oyida imzolagan.

Ta’kidlanishicha, avtomobil yo‘lining uzunligi 280 kilometrni tashkil etadi. 2024—2025 yillar davomida iqtisodiy-texnik asosini (ITs) ishlab chiqish, 2025 yilda esa yo‘lni ikki-uch yil ichida qurishga kirish rejalashtirilmoqda.

«Avtomobil yo‘lini qurishga, taxminan, 75 milliard tenge (qariyb 172 million dollar) sarflanishi kutilmoqda, bunda 5 milliard tenge (11,4 million dollar) o‘tkazish punktini qurishga yo‘naltiriladi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Avtotrassa Qizilo‘rda—Jezqozg‘on—Pavlodar—Rossiya chegarasi xalqaro koridorining bir qismi bo‘ladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yangi Qizilo‘rda—Uchquduq temir yo‘l tarmog‘ini qurish tashabbusini ilgari surgan. Qo‘shma harakatlar rejasi imzolangan, ITsni ishlab chiqish bo‘yicha iqtisodiy tahlil o‘tkazish reja qilinmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu ikki mamlakatning temir yo‘llarni qurish bo‘yicha yagona rejasi emas. Avvalroq turistik potensialni oshirish maqsadida 2021—2024 yillar davomida 160 milliard tengega (367 million dollar) Turkiston—Chimkent—Toshkent yuqori tezlikda harakatlanish imkonini beruvchi magistralni qurish masalasi ko‘rib chiqilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ushbu loyiha Markaziy Osiyoning eng yirik tarixiy-madaniy markazlarini birlashtiradi, yo‘lovchi tashish hajmi yiliga 1,9 millionga yetkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан