Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda 13 oylik yangi kalendar taqdim etildi
23.09.2020 16:13,  
724

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida yangi taqvim taqdim etildi, uning muallifi akademik Saylibay Bekbulatov, deb xabar beradi Tengrinews.

Ushbu taqvimning an’anaviy Gregorian taqvimidan asosiy farqi unda 13 oy bor. Akademik uni uzoq vaqt davomida o‘rgangan qadimiy turk davriy taqvimi asosida yaratganini aytmoqda. 

"Yangi taqvim loyihasi "Global Discovery" konferensiyasi ishtirokchilari tomonidan muhokama qilindi. Ba’zi olimlar Gregorian kalendarida ilmiy asos yo‘q deb hisoblashadi", - deb yozadi qozoq nashri. 

"1923 yilda Jenevadagi Millatlar Ligasi yig‘ilishida kalendar islohoti bo‘yicha maxsus xalqaro qo‘mita tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘shandan beri 400 kalendar loyiha taqdim etildi. Ammo hech biri qabul qilinmadi. Bugun biz 401-loyihani taqdim etamiz. Bu dunyo miqyosida doimiy, o‘zgarmas taqvim", - dedi professor Adil Axmetov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан