Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda 2 kishini o‘ldirib, 4 yildan beri qochib yurgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
8.06.2020 14:29,  
913

Qozog‘istonning Almati viloyatida qotillikda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

Almati viloyati IIB kriminalistik politsiya boshqarmasi xodimlari Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanidagi hamkasblari bilan birgalikda xalqaro qidiruvda bo‘lgan 35 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini qo‘lga olishdi.

U 2016 yil avgust oyida Almati viloyati markazida ikki kishini o‘ldirganlikda ayblanmoqda.

2016 yil 11 oktabr kuni Taldiqorg‘an shahar sudi QR Jinoyat kodeksining 99-moddasi 2-qismiga binoan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha qamoqqa olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Xavfli jinoyatchini qidirish uch yildan ortiq davom etdi. Izlanayotgan shaxs yashash joyini va ish joyini bir necha bor o‘zgartirgan. Natijada gumonlanuvchining qayerdaligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. U, shuningdek, propiska ro‘yxatidan o‘tishdan bosh tortgan.

Ikki viloyatning tezkor xodimlarining birgalikdagi faoliyati natijasida og‘ir jinoyatda gumon qilingan chet el fuqarosi qo‘lga olindi va endi u javobgarlikka tortiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан