Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda 29 avgust umummilliy motam kuni, deb e’lon qilindi
28.08.2021 14:35,  
194

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Jambul viloyatida yuz bergan fojea munosabati bilan 29 avgustni umummilliy motam kuni deb e’lon qildi. Viloyatning Bayzak tumanida joylashgan harbiy qism omborining portlashi kamida 12 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

"Jambul viloyati Bayzak tumanida odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan fojeali hodisa munosabati bilan 29 avgustni umummilliy motam kuni, deb e’lon qilaman. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va qutqaruvchilar haqiqiy ma’noda qahramonlik va fidoyilik ko‘rsatdi. Ular xalq xotirasida abadiy qoladi", - deb yozdi davlat rahbari Twitter da.

Qozog‘iston mudofaa vazirligi 26 avgust kuni Jambul viloyatida qurol-yarog‘lar saqlanayotgan harbiy omborda yong‘in chiqqani haqida ma’lum qilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, portlash oqibatida kasalxonaga 100 kishi yotqizilgan, ularning 49 nafari Favqulodda vaziyatlar vazirligining mahalliy departamenti xodimlari bo‘lgan.

Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojea qurbonlari soni 12 kishiga yetgan, shuningdek bedarak ketganlar ham bor. Hukumat yong‘in butunlay bartaraf etilgani haqida xabarni hozircha tasdiqlagani yo‘q, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан