Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda aviafalokat: 14 kishi vafot etdi (video)
27.12.2019 09:11,  
1029

Qozog‘istonning Olmaota shahridan poytaxt Nur-Sultonga karab yo‘lga chiqqan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Tengrinews nashri xabar qilmoqda.

Bortida 95 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot aeroport tashqarisiga qulab tushgan.

Olmaota aeroporti matbuot xizmatiga ko‘ra, havo layneri Bek Air shirkatiga tegishli bo‘lgan. Falokat joyida hozirda favqulotda xizmat ishlamoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 14 kishi halok bo‘lgan, yana 35 kishi tan jarohati olgan, ulardan 6 nafari yosh bola, 22 kishi og‘ir ahvolda.

Falokatga uchragan samolyotning rusumi Fokker-100 bo‘lgan. Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi bunday rusumli samolyotlar parvozigi vaqtinchalik taqiq qo‘ydi.

MAVZUGA DOIR: Qozog‘istondagi aviahalokatda o‘zbekistonliklar bormi?

Samolyot mahalliy vaqt bilan 7:22 da radarlarda ko‘rinmay qolgan.

Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

MAVZUGA DOIR: Qozog‘iston yo‘llarida yomon ob-havo tufayli 39 kishi vafot etdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан