Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda avtoyo‘llar yoqasiga mollarni qo‘rqitadigan moslamalar o‘rnatilmoqda
7.10.2020 09:17,  
118

Davlat ahamiyatiga ega yo‘llarning xavfsizligini ta’minlash va o‘tlab yurgan chorva mollarining yo‘llarga chiqib ketishining oldini olish bo‘yicha maxsus choralar ko‘rildi, deb xabar beradi Kazinform Qozog‘iston Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligiga asoslanib.

Vazirlik saytida tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning magistral yo‘llari bo‘ylab hayvonlarni qo‘rqitish uchun ultratovushli qurilmalar va «elektron cho‘pon» to‘siqlari o‘rnatilgan.

Bu ish birinchi navbatda Mang‘istau viloyatidan boshlandi. «Qazaqavtojol» mas’uliyati cheklangan jamiyati filiali u yerda maxsus to‘siqlar o‘rnatdi. Jumladan, yaylovdan o‘tadigan yo‘l yoqasiga 3000 metrlik 12 voltli moslama o‘rnatilgan.

«Mamlakatda chorva mollarini boqish oqibatida yo‘l-transport hodisalari tez-tez uchraydi. Masalan, faqat shu yilning birinchi yarmida hayvonlarning yo‘lga chiqib ketishi oqibatida 16 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Natijada 33 kishi jarohat oldi, ikki kishi halok bo‘ldi. O‘tgan yili xuddi shu davrda 23 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 29 kishi jarohat oldi va yetti kishi vafot etgan», - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан