Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda ba’zi ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga cheklov qo‘yilishi mumkin
15.09.2021 19:06,  
31

Qozog‘iston Majlis deputatlari Bola huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi, unda mamlakatda ro‘yxatdan o‘tishdan bosh tortgan ijtimoiy tarmoqlar va tezkor messenjerlar ishini cheklaydigan normalar mavjud. Bu haqda Zakon.kz ma’lum qildi.

Hisobot xulosasida hujjat ustida ishlash davomida, bolalarning uy-joy huquqlarini ta’minlash, shuningdek, oilaviy munosabatlarda bolaning manfaatlarini himoya qilish va qonunga xilof ravishda internetda joylashtirilgan ma’lumotlarning oldini olishga qaratilgan ba’zi normalar sezilarli darajada takomillashtirilgan.

«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunning 1-moddasini 73 va 74 kichik bandlar bilan to‘ldirish taklif qilingan bo‘lib, u onlayn-platforma, Internet-resurs, tezkor xabarlar xizmati tushunchalarining ma’nosini ochib beradi.

Yana bir o‘zgartirish ularning Qozog‘iston hududida ishlashining aniq qoidalarini o‘rnatishga qaratilgan. Shunday qilib, o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy onlayn-platformalar yoki tezkor xabarlar xizmatining egalari majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tishi va mamlakatda o‘z vakolatxonalarini ochishi kerak bo‘ladi.

Axborot va jamoat taraqqiyoti vaziri o‘rinbosari Kemelbek Oyshiboyevning ma’lum qishishicha, bo‘lim deputatlarning tuzatishlarini to‘laligicha qo‘llab- quvvatlaydi.

«Qonun loyihasida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun qat’iy normalar taklif qilingan, biz ularni to‘laligicha qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki biz axborot maydonini tahlil qilish va monitoring qilish jarayonida kiberhujum katta miqdorda ekanligini ko‘rdik. Vazirlikka juda ko‘p sonli murojaatlar keladi», — degan Oyshiboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilda monitoring davomida Internetda kiberhujum qilishning 70 mingga yaqin faktlari aniqlangan.

Shundan so‘ng, vazirlik ijtimoiy tarmoqlar ma’muriyatiga va messenjerlarga 1800 ga yaqin so‘rov yuborib, materiallarni olib tashlashni so‘ragan. Ammo 2021 yilda bu raqamlar keskin oshib, 140 mingga yetgan.

«Afsuski, bizda barcha ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarning fikrlari yo‘q. Agar ba’zi ijtimoiy tarmoqlar materiallarni o‘chirib tashlasa, ba’zilari 20-30 foizi so‘rovlarga ahamiyat qaratadi xolos. Shu bois, bu yo‘nalishda biz ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun norma va konsepsiyalarni joriy etishni taklif qilamiz», — deya xulosa qilgan u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан