Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda COVID-19 va pnevmoniya statistikasi birlashtiriladi
17.07.2020 21:00,  
345

Qozog‘istonda pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlar koronavirus infeksiyasi statistikasiga kiritiladi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

«Koronavirus va pnevmoniya bo‘yicha ma’lumotlarning maksimal darajada oshkoraligini ta’minlash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi statistikani ro‘yxatdan o‘tkazish va axborotlashtirishning yangi usullarini ishlab chiqdi.

JSSTning Yevropa byurosi tomonidan o‘tkazilgan texnik maslahatlashuvni hisobga olgan holda, koronavirus holatlarini kodlash va ro‘yxatga olishda kasalliklarning xalqaro darajadagi yangi kodeksiga o‘tishga qaror qildik», - dedi QR Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy.

Uning aytishicha, laboratoriyada PSR-test sinovida koronavirus aniqlanmagan, ammo klinik va epidemiologik simptomlari COVID-19 infeksiyasiga o‘xshash bo‘lgan pnevmoniya bilan kasallanish holatlari endilikda COVID-19 umumiy statistikasi bilan birlashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Hukumatga pandemiya statistikasini birlashtirishni buyurgan edi. Yangi statistika formatiga joriy yil 1 avgustidan o‘tiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан