Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda deyarli 2 mln odamning kredit to‘lash muddati uzaytirildi
6.06.2020 23:30,  
99

Qozog‘istonda ikki millionga yaqin odamning kredit to‘lash muddati uzaytirildi va 1,5 mingga yaqin odamga imtiyozli kreditlar berildi, deya xabar beradi Kazinform.

Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi aholi va biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni davom ettirmoqda.

2 iyun holatiga ko‘ra, ikkinchi darajali banklar va boshqa kredit tashkilotlari 1 883 111 nafar jismoniy shaxslarning 265,8 mlrd tanga miqdoridagi kredit to‘lovlarini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizalarini ma’qulladilar.

Shu jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan 345 mingdan ortiq kishining jami 42 milliard tangalik kredit to‘lovi muddati uzaytirildi. Bundan tashqari, 12 411 ta (41,6%) kichik va o‘rta biznes sub’yektlari 164,6 mlrd tangalik kredit to‘lovlarini uzaytirishdi. Qolgan arizalar ko‘rib chiqilmoqda. Ular yuzasidan tegishli qaror 10 ish kuni ichida qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан