2020 yil yanvar-aprel oylarida rasmiy dilerlar Qozog‘istonda 18 mingdan ortiq yangi avtomobil sotdi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri «QazAvtoӨnerkәsіp» avtosanoat korxonalari ittifoqiga tayanib.
«Ushbu davr mobaynida rasmiy dilerlar 18 368 ta mashina sotdi. Bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 2,7 foizga kamdir. Yanvar-aprel oylarida qozog‘istonliklar yangi mashinalarni sotib olishga 169,3 milliard tanga sarflagan, bu 2019 yilga nisbatan 4,9 foizga kam», - deyiladi xabarda.
11 709 nafar avtoxaridor (63,7%) mahalliy zavodlarning mahsulotlarini tanlashgan. Bundan tashqari, joriy yilning to‘rt oyida sotilgan 6 659 ta mashina (36,3%) import qilindi.
Ushbu davrda mamlakatda eng mashhur brendlar orasida Lada (3711 ta mashina), Hyundai (3171), Toyota (2877 ), KIA (1952) va Ravon (1890) rusumli avtomashinalar eng ko‘p sotilgan. Bundan tashqari TOR-10 qatorida Renault (812 ta mashiina), GAZ (664), Nissan (659), Volkswagen (516) va UAZ (412) rususmlari bor.