Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda ham koronavirus qayd etildi
13.03.2020 14:25,  
898

Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov ma’lum qildi. Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda kasallanishning ikkita holati aniqlangan.

“Afsuski, qayta tekshirilgan bugungi ma’lumot shundan dalolat bermoqdaki, koronavirus testi natijasi ijobiy bo‘lgan. Bu Germaniyadan kelgan bemorlarda topildi”, — deya aytib o‘tdi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri.

Bildirilishicha, ushbu fuqarolar Olma otadagi yuqumli kasalliklar statsionarida izolyasiya qilingan.

Qozog‘iston OAV xabarlarida aytilishicha, koronavirus bilan kasallangan fuqarolardan biri 9 mart kuni mamlakatga kelgan. Ikkinchisi — 12 martda.

“Yana 73 yo‘lovchi bo‘lgan, ro‘yxatlar mavjud. Ular kuzatuv ostida qolmoqda. Biz ularni izolyasiyaga olish bo‘yicha harakatlarni boshlayapmiz, ya’ni qidirib topish va karantinga joylashtirish. Ular kasal emas, ammo 14 kun davomida karantinda qoladi”, — dedi Birtanov.

Ta’kidlanishicha, ikkinchi bortdagi odamlar, jumladan ekipaj a’zolari, yangi qaror amal qilgani tufayli, darhol karantinga joylashtirilgan. Ular mamlakat hududiga qo‘nganidan beri butunlay izolyasiyada ekani aytiladi.

Qozog‘iston hududida koronavirusga chalingan shaxslar bilan aloqada bo‘lganlarni qidirib topish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан