Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda ham non narxi oshadi
14.10.2019 18:29,  
189

Qozog‘istonda non narxi oshadi. Bu haqda qishloq xo‘jaligi vaziri Saparxan Omarovga tayanib, Tengrinews xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir non narxi hududlarga qarab 75-78 tenge (1821 - 1894 so‘m)ni tashkil etadi.

«O‘ylaymanki, narxlar u qadar ko‘tarilmaydi. Hududlarga qarab 80-82 tenge (1942-1991 so‘m) bo‘ladi. (4,88-6,25 foizga oshyapti - sof.uz)», - deya qo‘shimcha qildi vazir.

«Non narxi keskin ko‘tarilishining oldini olish uchun biz «Prodkorporatsiya» AJ bilan barqarorlashtiruv jamg‘armalaridan don sotib olyapmiz. Bundan tashqari, har bir viloyat hokimligi barqarorlashtiruv jamg‘armalaridan don va un xarid qilmoqda. «Prodkorporatsiya» har yili, fevraldan iyulga qadar, ichki bozorni barqarorlashtirish uchun 150-250 ming tonna donni kombinatlar o‘rtasida sotadi. Non narxi keskin ko‘tarilmasligi uchun bu yil 150 ming tonna g‘alla ichki bozorga sotildi», – dedi mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari matbuot anjumanida.

Avvalroq, yaqin kunlarda O‘zbekistonda ham non narxi 1500 so‘mga qadar oshishi haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан