Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda karantin rejimi yumshatilmoqda
21.04.2020 10:49,  
770

Qozog‘istonda epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda karantin rejimini o‘zgartirish va bosqichma-bosqich yumshatish to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin Hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi.

«20 apreldan boshlab Nur-Sultan va Almati shaharlarida karantin rejimi yengillashtirildi. Iqtisodiyotning bir qator sohalaridagi korxonalar sanitariya me’yorlariga qat’iy rioya qilgan holda ishlay boshladilar. Shu jumladan, qurilish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar. Epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda karantin rejimini o‘zgartirish va bosqichma-bosqich yumshatish to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilinadi. Boshqa korxonalar va biznes sub’yektlariga ishlashni davom ettirishga ruxsat beriladi» - dedi Bosh vazir Hukumatning onlayn yig‘ilishida. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Prezidenti huzuridagi Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat komissiyasi avvalroq Nur-Sultan va Almatida ish boshlaydigan tadbirkorlik subektlari ro‘yxatini tasdiqlagandi. 

Ushbu ro‘yxatga sanoat korxonalari, qurilish va yo‘l qurilishi kompaniyalari, yirik qurilish do‘konlari, transport, omborxona kompaniyalari, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar, xizmat ko‘rsatish stansiyalari, avtomashinalarni yuvish, shinalarni almashtirish xizmatlari, avtoulov ehtiyot qismlari do‘konlari, kimyoviy tozalash shahobchalari, ofis uskunalarini ta’mirlash va ikkinchi darajali banklar kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан