Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha kunlik rekord yangilandi
11.07.2021 13:59,  
151

10 iyul holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda o‘tgan bir kecha-kunduzda 3695 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar bermoqda Tengrinews COVID-19 tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha idoralararo komissiya ma’lumotlariga tayanib.

Bu respublikada pandemiya boshidan buyon qayd etilgan eng yuqori sutkalik ko‘rsatkichdir. Bundan avvalgi rekord 9 iyulda kuzatilgan, o‘shanda 3130 kishida virus tasdiqlangan edi.

Mamlakatda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha jami 454 825 ta holat qayd etilgan. Shularning 412 007 nafari sog‘aygan. O‘tgan bir kecha-kunduzda esa 1857 kishi COVID-19’ni yengishga muvaffaq bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан