Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirganlar soni oshib bormoqda
14.03.2020 15:37,  
2141

Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni olti kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Dias Axmetsharip.

“Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirganlar soni hozircha olti nafar, ulardan to‘rt nafari Olma-otada, ikki nafari Nur-Sultonda karantinga olingan“, — dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili.

Shuningdek, statsionar karantindagi fuqarolar soni 1090 kishini, uy karantinidagilar soni – 452 kishini tashkil etayotgani qo‘shimcha qilingan.

Shu bilan birga, XXR va mamlakatga chegaradosh bo‘lgan davlatlardan kelayotgan fuqarolar monitoringi davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, dunyoning 138 ta davlatida koronavirusni yuqtirganlik bo‘yicha 145 321 holat qayd etilgan, shu jumladan, XXRda – 80 813 holat, ulardan — 3 176tasi o‘lim bilan yakunlangan. Sog‘ayganlar soni 64 111 kishini tashkil qilgan (79,3%). Statsionarlarda 13 526 bemor qolmoqda.

Boshqa davlatlarda – 64 502 (shu jumladan, sayohat laynerlarida ham) holat qayd etilgan, ulardan – 2 238 o‘lim bilan yakunlangan(3,4%).

Italiyada – 17 660 holat, vafot etgan – 1 439; Eronda – 11 364 holat, vafot etgan – 514; Janubiy Koreyada — 7 979 holat, vafot etgan – 71.

Fransiyada – 3 661 holat, vafot etgan – 79; Ispaniyada – 5 232 holat, vafot etgan – 133; Germaniyada – 3 675 holat, vafot etgan – 8.

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda quyidagi profilaktika choralariga amal qilishga chorlab qoladi:

  • qo‘llarni va yuzni tez-tez sovunlab yuvish;
  • odamlar to‘planadigan joylarga bormaslik;
  • kasal odamlar bilan aloqa qilishdan qochish;

shamollash kasalligi belgilari paydo bo‘lganida (tana harorati ko‘tarilishi, yo‘tal, tomoqdagi og‘riq) zudlik bilan uyga tez yordam chaqirish lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан