Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda koronavirus 2-to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rish uchun 12 ta shifoxona qurilmoqda
3.09.2020 12:26,  
158

Qozog‘iston 12 ta modulli yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurilishining faol bosqichini boshladi. Bu haqda QR Sog‘liqni saqlash birinchi vitse-vaziri Marat Shoranov ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

«Hozirgi kunda viloyatlar hokimliklari joriy yilning oktyabr oyida foydalanishga topshirilishi lozim 12 ta modulli yuqumli kasalliklar shifoxonasini qurish hamda bitta kasalxonani rekonstruksiya qilishning faol bosqichiga kirishishdi», - dedi Marat Shoranov.

Ushbu ish, vazir o‘rinbosari ta’kidlaganidek, pandemiyaning mumkin bo‘lgan ikkinchi to‘lqini uchun tayyorgarlik doirasida amalga oshirilmoqda va mamlakat aholisiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatishga imkon beradi.

«Bundan tashqari, 2700 ta yuqumli kasalliklar koykasi zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Ushbu loyihalar Bandlik yo‘l xaritasi dasturi va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda», - deya qo‘shimcha qildi Marat Shoranov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан