Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev yodgorligi ochildi
4.07.2020 13:45,  
192

3 iyun, juma kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev haykali ochildi. Bu haqda tengrinews.kz nashri xabar bermoqda.

Akorda veb-saytiga ko‘ra, mamlakatning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Tokayev ochilish marosimida onlayn tarzda ishtirok etdi.

U o‘z nutqida Nursulton Nazarboyev "mustaqil davlat rivojlanishining strategik yo‘lini belgilab bergan va umumiy maqsadga erishish uchun xalqni birlashtirgan zamonaviy Qozog‘iston asoschisi" ekanligini ta’kidladi.

Qozog‘iston Prezidentining ta’kidlashicha, Milliy Mudofaa Universitetida yodgorlik o‘rnatilishi chuqur ramziy ahamiyatga ega, chunki Qozog‘iston Qurolli kuchlari birinchi prezidentning farmoni bilan yaratilgan.

Nursulton Abishevich 6 iyul kuni 80 yoshga to‘ladi.

Nazarboyev 18 iyun kuni COVID-19 ga chalingan edi. Kuni kecha esa tuzalganini ma’lum qildi.

U "shifokorlarning sa’y-harakatlari va ularning talablari va tavsiyalarining qat’iy bajarilishi, shuningdek, umumiy qo‘llab-quvvatlash va barcha iliq istaklar" tufayli kasallikni yengishga muvaffaq bo‘ldi. Tegishli murojaat Nazarboyev saytida e’lon qilingan.

Qozog‘istonning sobiq prezidenti ta’kidlashicha, odamlar bilan birgalikda u ushbu kasallikning og‘irligini his qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан