Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda o‘lim jazosi bekor qilinmoqda
3.01.2021 09:35,  
108

Qozog‘iston o‘lim jazosini rasman bekor qildi. Mamlakat prezidenti bu boradagi tegishli qonunni imzoladi, deb xabar beradi Tengrinews.

“Davlat rahbari ‘Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Ikkinchi fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida’gi Qozog‘iston qonunini imzoladi. Qonun matni matbuotda e’lon qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, 2003-yili Qozog‘istonda o‘lim jazosiga moratoriy joriy etilgan, o‘shandan buyon mamlakatda birorta o‘lim jazosi amalga oshirilmagan.
“Qozog‘iston o‘lim jazosidan voz kechishga qaratilgan xalqaro pantga qo‘shildi. Og‘ir jazodan voz kechish, shubhasiz, huquqiy jamiyat, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan davlat qurish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi”, — deya ta’kidlaydi Senat raisi Maulen Ashimbayev.
Xalqaro protokolga ko‘ra, Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qilgach, undan faqat harbiy holat davrida foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ushbu qaror haqida 2020-yilning sentabr oyida o‘tkazilgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishida ma’lum qilib, mamlakat insonning hayotga bo‘lgan huquqini ta’minlashni maqsad qilib qo‘yganini aytgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda o‘lim jazosi 2008-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан