Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda olti nafar o‘zbekistonlikni qullikka sotgan shaxs qo‘lga olindi
29.11.2021 20:46,  
119

Qo‘shni davlat poytaxtida odam savdosi uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu xaqda BaigeNews ma’lum qildi.

Qidiruvda bo‘lgan shaxs 2014 yili olti nafar fuqaroni Qozog‘istonda yuqori maoshli ishga joylashtirishini va’da qilib, O‘zbekistondan olib chiqib ketgan.

Olmaota shahrida u vatandoshlarining pasportlarini olib, boshqa shaxsga topshirgan. 7 oy davomida erkaklar og‘ir sharoitlarda ishlashga majbur bo‘lishgan.

Malum qilinishicha, 2015 yili O‘zbekistonda odam savdosi bilan shug‘ullangan shaxs besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lgan. Ammo 2019 yili sud qarori bilan jazoning o‘talmagan qismi shartli ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilib, shartli ozodlikka chiqqanidan keyin u Qozog‘istonga qochib ketgan.

«U O‘zbekistonda qidiruvga berilgan. Hozirda sud qarori bilan hibsga olindi va uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda», — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан