Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda o‘ta og‘ir jinoyat qilgan O‘zbekiston fuqarosi qidirilmoqda
21.05.2020 20:57,  
3330

Qozog‘iston Respublikasining Jambil viloyatida 1966 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan Dilmurod Normurodov qidirilmoqda, deya xabar berdi Kazinform.

Bu haqda viloyat politsiya departamenti matbuot xizmati xabar berdi. Xabarda aytilishicha, jinoyatchi ozg‘indan kelgan, bo‘yi o‘rtachadan yuqori, burnida chandig‘i bor, egniga va kamuflyajli kurtka va jinsi shim kiygan.

Shuningdek, Dilmurod Normurodovning qayerdaligi to‘g‘risida ma’lumot bergan kishiga mukofot berilishi ma’lum qilindi.

«Agar sizda biron bir ma’lumot bo‘lsa, iltimos, 8 (7262) 997137, 997236 raqamlariga yoki «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz. Anonimlik kafolatlanadi», - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан