Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda o‘tgan hafta 111 kishi koronavirusdan vafot etdi
13.07.2020 10:26,  
147

Qozog‘istonda 7 - 12 iyul kunlari koronavirusdan 111 kishining o‘limi qayd etildi va COVID-19 tashxisidan vafot etganlar soni 375 nafarga yetdi, deb xabar beradi Qozog‘iston SSV.

6 iyul holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasidan 264 ta o‘lim qayd etilgan edi. Hozirda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bir haftada bir marta koronavirusdan vafot etganlar statistikasini berib bormoqda.

"7 - 12 iyul kunlari Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasining 111 holati o‘lim bilan yakunlandi... Qozog‘iston Respublikasida jami 375 ta o‘lim holati qayd etildi", - deyiladi SSV xabarida.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta eng ko‘p o‘lim holatlari Qarag‘anda viloyati (37), Olmaota (24) va Nur-Sulton (18) shaharlarida sodir bo‘ldi.

Qo‘shni respublikada koronavirus infeksiyasi holatlarining umumiy soni 58 mingdan oshadi. Sog‘ayib ketgan bemorlar soni esa 33,8 mingga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан