Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda suv ombori ichidagi orol turizm maqsadida sotuvga qo‘yildi
27.11.2020 12:53,  
152

Qozog‘istondagi Buxtarmin suv omboridagi orol turizm biznesini rivojlantirish maqsadida sotuvga qo‘yildi. Ob’yektning narxi 1,5 milliard tengega (taxminan 268 million rubl yoki 3 million 472 ming 415 AQSh dollari) baholangan. Bu haqda Instagram’dagi 4250 tenge profilida xabar berilgan.

Maydoni 225 gektar bo‘lgan orol shaxsiy mulk hisoblanadi.

«Hududda 100 ga yaqin turistik maskanlar mavjud. Orolning relefi unda plyajlar barpo etish imkonini beradi, ekin maydonlari 120 gektar yerni egallagan», — deyilgan ijtimoiy tarmoqdagi e’londa.

Tuman hokimi Kalikan Baygonusov «Tangritravel.kg» nashriga bergan intervyusida Gusiniy oroli 1998 yilda qishloq xo‘jaligi yeri sifatida sotib olingani, biroq keyinchalik unga tovar ahamiyatiga ega toifa berilganini qayd etgan.

«Menimcha orolning egasi, u yerda issiqxonalar qurilmasa dehqonchilik bilan shug‘ullanishning imkoniyati keskin pasayishini hisobga olgan holda uni sotmoqchi. Lekin bunda maqsadni o‘zgartirish, ya’ni orolda turizm yo‘nalishidagi ob’yektlarni qurish mumkin, sababi atrofdagi joylar ozoda va sayyohlar uchun juda qulay», — degan hokim.

Baygonusovning so‘zlariga ko‘ra har qanday yer odamga foyda keltirishi mumkin va buning uchun mehnat hamda mablag‘ tikish talab etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан