Qozog‘istonda toshqindan aziyat chekkan har bir oilaga 41000 dollardan kompensatsiya to‘lanmoqda

Qozog‘istonda toshqindan aziyat chekkan har bir oilaga 41000 dollardan kompensatsiya to‘lanmoqda

Qozog‘istonning Maqtaaral tumanida toshqindan aziyat chekkanlarga kompensatsiya to‘lash boshlandi. Bu haqda «Turkiston» ijtimoiy tadbirkorlik korporatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda «Turkiston» ITK qoshidagi Turkiston Ijtimoiy rivojlanish korporativ jamg‘armasi buzilgan uylarni qayta tiklash uchun kompensatsiya dasturini amalga oshirmoqda.

Dastur har bir oilaga uchta yirik transh orqali 17 million tanga (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan 2020 yil 22 maydagi rasmiy kursga ko‘ra, 409 million 700 ming so‘m) miqdorida tovon to‘lashni ko‘zda tutadi.

«Hozirgacha 19 oila 8,5 mln tanga (umumiy miqdorning 50%) miqdorida birinchi transhni olishdi. Qolgan qismi 25%dan uy-joy qurilishi paytida 2 transh orqali to‘lanadi. Bundan tashqari, tuman hokimligi buzilgan uy-joylarni hisoblashda va aholiga kompensatsiya to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘plashda yordam bermoqda», - deyiladi xabarda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, buzilgan uylar soni 200 dan oshadi.